U endigina 33 yoshga kirgandi yoxud 40 yil o‘tib tiklangan haqiqat haqida
Ilm olish, izlanishlar qilib yangiliklar yaratish, bilimlarini esa yoshlarga o‘rgatishni niyat qilgan minglab jadidlar qatorida Bade’ Abdulla ham bor edi. 1909 yili Yangi Buxoro tumanining Rabot-qilich qishlog‘ida tug‘ilgan Bade’ Abdullaning otasi Buxoro amirining qorovulbegisi edi. Aslida Bade’ taxallusi bilan Abdullaning otasi Mahmud she’rlar yozgan, keyinchalik Abdulla ham otasining taxallusini qabul qilgandi.